locale OZ

Ivan Yosovich: Metallurg qisqa vaqt ichida Superligaga qaytishiga ishonaman\"

"Metallurg" PFK matbuot xizmati futbolchi bilan bog‘lanib, vaziyat yuzasidan uning fikrlari bilan qiziqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ivan Yosovich: Metallurg qisqa vaqt ichida Superligaga qaytishiga ishonaman"
photo: Metallurg FK

Avval xabar berganimizdek, Ivan Yosovich bilan bog‘liq vaziyat ijobiy hal etildi. Natijada, FIFA tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqqan hamda "Metallurg" PFKdan transfer cheklovini olib tashladi.

"Metallurg" PFK matbuot xizmati futbolchi bilan bog‘lanib, vaziyat yuzasidan uning fikrlari bilan qiziqdi.

"Avvalo, "Metallurg" klubini katta futbol sahnasiga qaytgani bilan tabriklayman. Jamoaga yangi mavsumda ham omad tilab qolaman.

O‘rtamizdagi holat bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, futbolda bunday ishlar bo‘lib turadi. Muhimi, barcha muammolar yechimini topdi. Buning uchun "O‘zmetkombinat" AJ rahbari Bahodir Abdullayevga va "Metallurg" klubi Bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevga alohida rahmat aytmoqchiman. Klubda mana shunday tajribali mutaxassis ish boshlaganini bilib, juda xursand bo‘ldim. Uni avvaldan yaxshi taniyman — O‘zbekistondagi eng kuchli futbol mutasaddilaridan, fidoyilaridan.

Umid qilamanki, "Metallurg" futbol klubini yorqin kelajak kutib turibdi. Jamoa qisqa vaqt ichida Superligaga qaytishiga ishonaman. Klubning asl o‘rni ham aynan o‘sha yerda" - deydi Ivan Yosovich.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting