locale OZ

Ivan Rakitich futbolchilik faoliyatini yakunlaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ivan Rakitich futbolchilik faoliyatini yakunlaydi
Photo: Getty Images

“Hayduk” yarim himoyachisi Ivan Rakitich futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Futbolchi “Rieka”ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat olganidan so‘ng maydonni yig‘lab tark etdi. Uning jamoasi Xorvatiya chempionati turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi.

Rakitich “Hayduk” safida joriy mavsum 38 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi. U faoliyati davomida “Sevilya”, “Barselona”, “Shalke”, “Bazel”, “Al-Shabob” jamoalarida o‘ynagan. Xorvatiya terma jamoasi safida 106 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting