locale OZ

Ivan Boskhovich: «Andijon» xarakter ko‘rsatdi»

“So‘g‘diyona” ustozi “Andijon”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ivan Boskhovich: «Andijon» xarakter ko‘rsatdi»
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” - “So‘g‘diyona” (2:2) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boskhovich ishtirok etdi.

- Shuni aytishim mumkinki, mazmunli va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Birinchi taymda yaxshiroq o‘ynadik. Tempni ushlab turish borasidagi rejalarimiz amalga oshdi. Afsuski, darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik va kerakli vaziyatda imkoniyatni saqlab qola olmadik. O‘zgarishlar orqali natijani o‘zgartirishga harakat qildik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik, barchasi o‘z qo‘limizda edi. Biroq g‘alabani ushlab qola olmadik. Barcha ko‘rdi, oxirgi soniyalargacha g‘alaba uchun kurashish kerak edi. “Andijon” munosib harakat qilib, xarakter ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborguncha yaxshi o‘ynadik. Keyinchalik o‘yinimiz unchalik qovushmadi. G‘alabani saqlab qola olmaganimiz biz uchun afsuslanarli. Uch ochkoni qo‘lga kirita olmaganimiz alamli bo‘ldi.

- Dorieving goligacha bo‘lgan vaziyatda uni “Andijon” himoyachisi yaxshi qo‘riqladi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Albatta, bunga yo‘l qo‘ymadi. Birgina unga bog‘liq emas. Bu jamoaviy o‘yin. Bir o‘zi hech nima qila olmaydi. Jamoa bilan yaxshi natijaga erishishi mumkin. Faqat bir futbolchini yaxshi yoki yomon o‘ynadi, deb ayta olmayman.

- Bugun Rubin Xebay qaydnomada ham ko‘rinmadi...

- Uni jarohati bor, lekin jiddiy emas. Yaqin kunlarda jarohatdan forig‘ bo‘lgach yana maydonga qaytadi. O‘zbekiston Kubogi yarim finalida “Buxoro” bilan o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, u o‘sha uchrashuvda jamoamizga yordam beradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting