locale OZ

Italiya terma jamoasining JCh-2026 pley-off o‘yinlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi

Jennaro Gattuzo shogirdlari 26 mart kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya terma jamoasining JCh-2026 pley-off o‘yinlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi
FOTO: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCh-2026 yo‘llanmasi uchun kechadigan pley-off o‘yinlariga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Jennaro Gattuzo shogirdlari 26 mart kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadilar. Agar «Skuadra Adzurra» ushbu to‘siqdan o‘tsa, Uels — Bosniya va Gersegovina juftligi g‘olibi bilan hal qiluvchi bahsda to‘qnash keladi.

Italiya terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar:

Eliya Kaprile («Kalyari»), Marko Karnezekki («Atalanta»), Janluidji Donnarumma («Manchester Siti»), Aleks Meret («Napoli»).

Himoyachilar:

Alessandro Bastoni, Federiko Dimarko (ikkisi ham – «Inter»), Alessandro Buonjorno, Leonardo Spinatssola (ikkisi ham – «Napoli»), Rikkardo Kalafiori («Arsenal»), Andrea Kambyazo, Federiko Gatti (ikkisi ham – «Yuventus»), Diyego Koppola («Parij»), Janluka Manchini («Roma»), Marko Palestra («Kalyari»), Djordjo Skalvini («Atalanta»).

Yarimhimoyachilar:

Nikolo Barella, Davide Frattezi (ikkisi ham – «Inter»), Brayan Kristante, Nikkolo Pizilli (ikkisi ham – «Roma»), Manuel Lokatelli («Yuventus»), Sandro Tonali («Nyukasl»).

Hujumchilar:

Federiko Keza («Liverpul»), Franchesko Pio Espozito («Inter»), Moyze Kin («Fiorentina»), Matteo Politano («Napoli»), Djakomo Raspadori («Atalanta»), Mateo Retegi («Al-Kadisiya»), Janluka Skamakka («Atalanta»).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting