locale OZ

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun uch nafar asosiy nomzod ma'lum bo‘ldi

Nomzodlar ro‘yxatidan Pep Gvardiola, Roberto Manchini va Andrea Pirlo o‘rin olgan.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun uch nafar asosiy nomzod ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash ustida ish olib bormoqda. Hozircha ushbu lavozim uchun uch nafar asosiy nomzod ko‘rib chiqilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxatidan Pep Gvardiola, Roberto Manchini va Andrea Pirlo o‘rin olgan. Federatsiya vakillari Gvardiola bilan muzokaralar ham o‘tkazgan, biroq ispaniyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi tanaffusi bu transferni murakkablashtirmoqda.

Shu bilan birga, Roberto Manchini Italiya futbolini yaxshi bilishi va avval terma jamoa bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgani sababli jiddiy variant sifatida baholanmoqda. Andrea Pirlo esa yosh va istiqbolli mutaxassis sifatida federatsiya e'tiborida qolmoqda.

Qayd etilishicha, Italiya futbol federatsiyasi yaqin kunlarda yangi bosh murabbiy borasida yakuniy qarorni e'lon qilishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting