locale OZ

Italiya Superkubogi. «Napoli» «Milan»ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi

Dastlabki finalchi aniq bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya Superkubogi. «Napoli» «Milan»ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi
ФОТО: Getty images

"Napoli" Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. O'yin Ar-Riyoddagi "Qirol Saud universiteti" stadionida bo'lib o'tdi.

"Napoli"ning gollariga David Neres (39-daqiqa) va Rasmus Højlund (63-daqiqa) mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, "Napoli" to'rtinchi bor Italiya Superkubogi finaliga yo'l oldi. Ular chempionlik uchun 19 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "Bolonya" – "Inter" uchrashuvi g'olibi bilan kuch sinashadi.

Italiya Superkubogi. 1/2 final
Napoli – Milan – 2:0
Gollar: Neres, 39 (1:0). Højlund, 63 (2:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting