Italiano “Milan”ni boshqarishi mumkin
Photo: Getty Images
“Milan” mavsum oxirida amaldagi bosh murabbiy Serjiu Konseysau bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis o‘rniga klub "Bolonya"ning 47 yoshli ustozini Vinchenzo Italianoni tayinlashi mumkin.
Milanliklar Italiano bilan allaqachon bog‘lanishgan va dastlabki muzokarani o‘tkazgan. O‘z navbatida “Bolonya” ham murabbiy bilan shartnomani uzaytirish tarafdori.
"Rossonerilar" Massimiliano Allegri va Tyago Motta nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist