locale OZ

Italiano – «Beşiktoş» bosh murabbiyi

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiano – “Beşiktoş” bosh murabbiyi
Фото: Бешиктош

“Bolonya” va “Fiorentina” klublarining sobiq bosh murabbiyi Vinçentso Italiano “Beşiktoş”ning yangi ustozi bo‘ldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 48 yoshli mutaxassis turk klubi bilan mehnat shartnomasini imzolab bo‘lgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

“Beşiktoş” Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumini turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan edi. Jamoa 34 ta uchrashuvda 60 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikdan (sovrinli o‘rinlardan) uch ochkoga ortda qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting