Ispaniya terma jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnoma e'lon qilindi
Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi ispanlar 4-sentabr kuni Bolgariyaga mehmon bo‘lsa, 7-sentabr kuni Turkiyaga qarshi maydonga chiqadi.
Darvozabonlar: Unai Simon (“Atletik”), David Raya (“Arsenal”), Alex Remiro (“Real Sosedad”).
Himoyachilar: Dani Karvaxal (“Real”), Pedro Porro (“Tottenhem”), Roben Le Norman (“Atletiko”), Din Heysen (“Real”), Dani Vivian (“Atletik”), Pau Kubarsi (“Barselona”), Mark Kukurelya (“Chelsi”), Alex Grimaldo (“Bayer”).
Yarim himoyachilar: Rodri (“Manchester Siti”), Martin Subimendi (“Arsenal”), Fabian Ruiz (“PSJ”), Pedri (“Barselona”), Mikel Merino (“Arsenal”), Gavi (“Barselona”), Fermin Lopes (“Barselona”).
Hujumchilar: Alvaro Morata (“Komo”), Mikel Oyarzabal (“Real Sosedad”), Ferran Torres (“Barselona”), Dani Olmo (“Barselona”), Lamin Yamal (“Barselona”), Niko Uilyams (“Atletik”), Yeremi Pino (“Vilyarreal”), Xesus Rodrigez (“Komo”).