Ispaniya Superkubogining yarim final va final sanalari ma’lum bo‘ldi
Yarim finalda Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya Superkubogi bu yil ham Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.
Ushbu turnirda "Real Madrid", "Atletiko", "Barselona" hamda "Atletik Bilbao" jamoalari ishtirok etadi.
O‘yinlar taqvimi va sanalari quyida keltirilgan:
Yarim final
"Real" – "Atletiko"
8 yanvar, soat 00:00 (Toshkent vaqti)
"Barselona" – "Bilbao"
9 yanvar, soat 00:00 (Toshkent vaqti)
Final
12 yanvar, soat 00:00 (Toshkent vaqti)
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning so‘nggi chempioni "Barselona" hisoblanadi. Kataloniyaliklar finalda "Real"ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist