Ispaniya kubogi yarim finaliga qur'a tashlandi
Final bahsi Seviya shahrida bo'lib o'tadi.
ФОТО: Getty images
2025-2026 yilgi Ispaniya kubogi yarim finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, “Barselona” “Atletiko Madrid”ga qarshi bahs olib boradi.
Yarim final juftliklari quyidagicha shakllandi:
- “Atletiko Madrid” – “Barselona”
- “Atletik Bilbao” – “Real Sosyedad”
Ispaniya kubogi yarim final ikki o'yindan iborat bo'ladi. Dastlabki uchrashuvlar joriy yilning 10–12 fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 3–5 mart kunlari o'tkaziladi. Final uchrashuvi esa aprel oyida Seviya shahridagi “La Kartuha” stadionida bo'lib o'tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist