Ispaniya birinchi, Argentina uchinchi — ESPN nashri Jahon chempionatida gʻalaba qozonish uchun asosiy daʼvogarlar reytingini eʼlon qildi
Bu galgi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
ESPN nashri 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati yuqori bo‘lgan jamoalar reytingini e’lon qildi.
Turnir boshlanishiga 100 kun qolganida birinchi o‘rinni Ispaniya terma jamoasi egalladi. Kuchli uchlikdan Fransiya va Argentina milliy jamoalari ham joy oldi.
Top-15 ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Ispaniya.
- Fransiya.
- Argentina.
- Angliya.
- Braziliya.
- Portugaliya.
- Germaniya.
- Niderlandiya.
- Marokash.
- Kolumbiya.
- Belgiya.
- Norvegiya.
- Senegal.
- Xorvatiya.
- Yaponiya.
Eslatib oʻtamiz, Jahon birinchiligi 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulga qadar davom etadi. Turnir uchta mamlakat: AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist