Ispaniya birinchi, Argentina ikkinchi — Goal nashri JCh-2026 favoritlari reytingini yangiladi
Goal nashri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritlar reytingini yangiladi.
Ro‘yxat musobaqada ishtirok etishi kafolatlangan 42 ta terma jamoa orasida tuzilgan. Yangilanish 5 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan guruh bosqichi qur’asidan so‘ng e’lon qilindi. Yana olti jamoaning taqdiri 2026 yil mart oyining oxirida o‘tkaziladigan pley-off bahslarida hal bo‘ladi.
Goal talqiniga ko‘ra, JCh-2026 g‘olibligi uchun TOP–10 da’vogar:
1. «Ispaniya»
2. «Argentina»
3. «Angliya»
4. «Portugaliya»
5. «Fransiya»
6. «Germaniya»
7. «Niderlandiya»
8. «Shveytsariya»
9. «Norvegiya»
10. «Marokash»
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyun — 19 iyul kunlari AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. JCh tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi — ular 12 ta guruhga bo‘linadi, har bir guruhda 4 tadan jamoa bo‘ladi. Hozircha turnirda qatnashish huquqini 42 terma jamoa qo‘lga kiritgan.