Islombek Mamatkazin – “Navbahor” futbolchisi
Islombek Mamatkazin - 2002 yil, 22 dekabrda Andijon shahrida tug‘ilgan.
photo: Navbahor FK
Mahoratli himoyachi Islombek Mamatkazin jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
"Islombek Mamatkazin - 2002 yil, 22 dekabrda Andijon shahrida tug‘ilgan.
2022 yildan boshlab, hozirgacha “Andijon” jamoasida o‘ynagan.
Mamatkazin andijonliklar tarkibida 2024 yili O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan, yakunlangan mavsumda esa “Andijon” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1450 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urgan.
Islombek Mamatkazinning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz",-deb yozadi namanganliklar matbuot xizmati.
Ibrohim Jalolov
Redaktor