locale OZ

Islom Ismoilov: “Xitoyga qarshi qanday o'yin ko'rsatish bo'yicha ma'lumotga egamiz”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ismoilov: “Xitoyga qarshi qanday o'yin ko'rsatish bo'yicha ma'lumotga egamiz”
FOTO: UzbekistanFA

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Xitoyga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Oldimizda vaqt kam bo'lgani sababli, tezkorlik bilan kechagi uchrashuvni tahlil qildik. Bugundan Xitoyga qarshi bahs uchun tayyorgarlikni boshladik. Xitoy yoshlar futboli ham Osiyoda o'z o'rniga ega.

Oson o‘yin bo'lmasligi aniq. Tayyorgarlikni shunga yarasha olib boryapmiz. Tailand bilan uchrashuvdagi xatolardan kelib chiqqan holda, yigitlarga kerakli ko‘rsatmalarni berib, taktik ishlanmalarni amalga oshirishga kirishdik.

2024-yil avgust oyida Xitoyda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda mezbonlarga qarshi o‘ynaganmiz. Shu boisdan ushbu jamoaga qarshi qanday o‘yin ko'rsatish bo‘yicha ozgina ma'lumotlarimiz bor.

Bundan tashqari, raqibning Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasidagi har bir uchrashuvi va o‘tkazgan o‘rtoqlik o‘yinlarini tahlil qilib, o'zimiz uchun kerakli xulosaga keldik. Xudo xohlasa, guruhimizdagi ikkinchi bahsda ham g‘alaba qozonib, o'zbek futboli muxlislarini xursand qilish uchun harakat qilamiz”, - deydi Ismoilov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 - Xitoy U-17 bahsi 6-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Toif shahridagi “Okaz” stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting