locale OZ

Islom Ismoilov: “Natijadan xursandman, biroq o‘yin sifatidan qoniqmadim”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ismoilov: “Natijadan xursandman, biroq o‘yin sifatidan qoniqmadim”
Photo: Gettyimages

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

“Dastlabki uchrashuv bo‘lgani bois, yigitlarda hayajon sezildi. Bu yoshdagi futbolchilarda, yuqori darajadagi turnirda birinchi bor ishtirok etayotganliklari bois, shunday holat kuzatilishi tabiiy. Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. O‘yin avvalida tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Shundan so‘ng futbolchilarimiz hotirjamlikka berilishdi, bu o‘yinga ta’sir qildi. Himoyadan hujumga o‘tishda muammolar yuzaga keldi. Natijada raqibimiz gol urib ketdi. Ikkinchi taymda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik va g‘alabani mustahkamladik. Natijadan xursandman, biroq o‘yin sifatidan qoniqmadim. Sababi biz bundan-da yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olamiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, kelgusi o‘yinlarda sifatli futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz”,-deydi Ismoilov

Eslatib o’tamiz U-17 terma jamoamiz osiyo chempionatining ilk bahsida Tayland terma jamoasini yirik 4:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi va Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bir xil ochko to’plagan holda guruh peshqadamligini egallab turibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting