Isak, Virts va Makallister — APLning eng narxi arzonlashgan futbolchilari e'lon qilindi
Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasidagi futbolchilarning so‘nggi yangilanishdan keyingi bozor qiymatlarini e’lon qildi.
«Liverpul» hujumchisi Aleksander Isak va yarimhimoyachisi Florian Virst APLning eng ko‘p arzonlashgan ikki futbolchisiga aylandi — har biri 20 million yevroga pasaygan.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, APLning eng ko‘p arzonlashgan 10 futbolchisi:
1. Aleksander Isak («Liverpul») — 120 mln yevro (–20 mln yevro)
2. Florian Virst («Liverpul») — 110 mln yevro (–20 mln yevro)
3. Aleksis Mak Allister («Liverpul») — 85 mln yevro (–15 mln yevro)
4. Rodri («Manchester Siti») — 75 mln yevro (–15 mln yevro)
5. Muhammad Saloh («Liverpul») — 30 mln yevro (–15 mln yevro)
6. Bukayo Saka («Arsenal») — 130 mln yevro (–10 mln yevro)
7. Omar Marmush («Manchester Siti») — 65 mln yevro (–10 mln yevro)
8. Xavi Simons («Tottenhem») — 60 mln yevro (–10 mln yevro)
9. Benjamin Sheshko («Manchester Yunayted») — 60 mln yevro (–10 mln yevro)
10. Ben Uayt («Arsenal») — 30 mln yevro (–8 mln yevro)