Iraola Bundesligada ish boshlashi mumkin
Unga Leverkuzen jamoasi qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Germaniyaga yo'l olishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda.
Biroq nemis klubiga murabbiy uchun "Kristal Pelas" bilan kurashishga to'g'ri keladi. Avvalroq londonliklar Iraola bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, 42 yoshli mutaxassis "Bornmut"ni 2023 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. Ayni paytda klub Angliya Premer-ligasi jadvalida 55 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. Bu natija jamoaga Yevropa ligasi yo'llanmasini taqdim etishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist