locale OZ

Iraola: «Biz xarakter ko‘rsata oldik»

«Liverpul» «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Iraola: «Biz xarakter ko‘rsata oldik»
ФОТО: Getty images

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Madridning «Atletiko» klubiga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida fikr bildirdi. Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv ingliz klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Bundan ko‘proq narsani istash qiyin edi. Biz xarakter ko‘rsata oldik. Menga ikkinchi bo‘lim juda yoqdi, bunday muhitda bo‘lganimdan xursandman. Birinchi bo‘lim uchun aybni o‘z zimmamga olaman. Ular taktik jihatdan meni hayron qoldirishdi. O‘yin davomida nimanidir o‘zgartirish qiyin bo‘ldi. Tanaffusdan keyin biz yaxshiroq pressing qildik va kuchliroq o‘ynadik», — dedi mutaxassis Sky Sports nashriga.

«Liverpul» Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 14 oktyabr kuni Avstriyaning LASK klubiga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting