Iraola — «Bayer»ni boshqarishga asosiy nomzod
U “dorishunoslar” boshqaruvida Kasper Hyulmand o‘rnini egallashi mumkin.
ФОТО: Getty images
"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Germaniya chempionatida ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 43 yoshli ispaniyalik murabbiyga "Bayer" jamoasi qiziqish bildirmoqda. U "dorishunoslar" boshqaruvida Kasper Hyulmand o‘rnini egallashi mumkin.
Avvalroq OAVlarda Andoni Iraola joriy mavsum yakunida "Bornmut"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, "Bayer" 59 ochko bilan Germaniya chempionatida 6-o‘rinni egalladi va Yevropa ligasiga yo‘llanma olgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist