\"Inter\" Yann Bissek bilan shartnomani uzaytirdi
Milaning "Inter" klubi germaniyalik markaziy himoyachi Yann Bissek bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi 2031-yilning 30-iyuniga qadar "neradzurrilar" safida qoladi. Shu tariqa klub yozgi transfer oynasida Bissekning kelajagi borasidagi barcha mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.
Bissek 2023-yilda Daniyaning AGF klubidan "Inter"ga kelib qo‘shilgan edi. Shundan buyon u jamoa safida 100 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, ishonchli o‘yinlari bilan asosiy himoyachilardan biriga aylandi.
So‘nggi haftalarda himoyachiga Myunxenning "Bavariya" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq yangi shartnoma imzolanishi bilan futbolchining yaqin kelajakda "Inter"ni tark etishi haqidagi taxminlar o‘z tasdig‘ini topmadi.