«Inter» va «Milan» Ake uchun da’vogar
Futbolchi 2020 yil yozidan buyon “Manchester Siti” safida o‘ynab kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” himoyachisi Natan Ake yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Caught Offside nashri xabar berishicha, “Inter” va “Milan” jamoalari niderlandiyalik himoyachiga jiddiy qiziqmoqda. Futbolchi jamoada o‘z holatidan mamnun emas. U ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Akening «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining narxi 15 million yevroni tashkil etadi.
Bu mavsumda niderlandiyalik himoyachi APLda 14 ta o‘yinda ishtirok etdi. Qayd etish lozim, futbolchi 2020 yil yozidan buyon “Manchester Siti” safida o‘ynab kelmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist