“Inter” – “Roma” va yana ikki o‘yin boshqa muddatga qoldirildi
Photo: Getty Images
A Seriyaning 3 o‘yini Rim Papasining dafn marosimi sababli boshqa kunga qoldirildi.
Rim Papasi 21 aprel kuni 89 yoshida vafot etdi. Italiya hukumati 26 aprel sanasiga belgilangan barcha sport tadbirlarini boshqa sanaga qoldirilganini e'lon qildi. Xususan, A Seriya doirasida uchta o‘yin ham.
26 aprel kuni A Seriya doirasida "Komo" – "Jenoa", "Inter" – "Roma" va "Latsio" – "Parma" bahslari o‘tkazilishi reja qilingandi. Ushbu uchrashuvlar boshqa kunda o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist