«Inter» Onanani ortga qaytarishni xohlamoqda
Фото: Getty Images
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana “Inter”ga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli kamerunlik posbon “MYu”dagi holatidan mamnun emas. “Inter” esa uni ortga qaytarishni rejalashtirgan.
Onana 2022/2023 yilgi mavsumda “neradzurrilar” safida himoya qilgan.
Andre 2024/25 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" safida 50 o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol o‘tkazib yuborgan va 11 ta bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor