locale OZ

«Inter Mayami» safarda mag‘lub bo‘ldi, Messidan gol

Leo jarima to‘pidan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» safarda mag‘lub bo‘ldi, Messidan gol
ФОТО: Getty images

MLS doirasidagi «Kolumbus Kryu» va «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Kolumbusda bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Inter Mayami» tarkibida argentinalik hujumchi Lionel Messi jarima zarbasidan gol urdi.
«Kolumbus Kryu» tarkibida esa penaltini aniq amalga oshirgan Xosef Martines hamda Jamal Tiare ajralib turishdi. Mezbonlar g‘alaba golini 90+9-daqiqada kiritishdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSda qatorasiga beshta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti (to‘rtta durang va bir mag‘lubiyat). «Kolumbus Kryu» esa o‘z navbatida ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

MLSning navbatdagi turida «Inter Mayami» «Di-Si Yunayted» bilan kuch sinashadi, «Kolumbus Kryu» esa «Orlando Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Ikkala uchrashuv ham 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting