«Inter» Kivu bilan shartnomani uzaytiradi
2025 yilda u “Parma”da bosh murabbiy sifatida ishlagan.
ФОТО: Getty images
“Inter” Kristian Kivu bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, milanliklar ruminiyalik mutaxassis bilan shartnomani 2028 yil yozigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu borada tomonlar o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Kivu 2025 yil iyun oyida “neradzurri” bosh murabbiyiga aylangan va klub bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolagan. Ungacha mutaxassis 2018 yildan 2024 yilgacha “Inter”ning turli yosh toifalari jamoalarini boshqargan.
2025 yilda esa “Parma”da bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist