locale OZ

«Inter» Chalxano‘g‘lu bo‘yicha bir qarorga keldi

Klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Chalxano‘g‘lu bo‘yicha bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

“Inter” klubi yarim himoyachi Hakan Chalxano‘g‘lu bilan shartnoma 2027 yilda yakuniga yetsa-da, hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Pasquale Guarro xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub egalari 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan shartnomani uzaytirishni ma’qullashmaydi, biroq 32 yoshli turkiyalik futbolchini sotib yuborish fikridan ham voz kechishgan ko‘rinadi.

Shu tariqa, yarim himoyachi keyingi mavsum oxirigacha qoladi va shundan so‘ng erkin agent sifatida jamoani tark etadi.

Ma’lumki, bosh murabbiy Kristian Kivu Hakan­ni jamoa uchun eng muhim figura deb hisoblaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting