«Inter» Akanji bilan shartnoma imzoladi
Фото: Inter
Manuel Akanji "Manchester City"dan "Inter"ga o'tdi.
Italiya klubi 30 yoshli himoyachini ijaraga olganini e'lon qildi.
Kelib tushgan muayyan shartlar bajarilganda majburiy bo'ladigan sotib olish imkoniyati mavjud.
Milanliklar futbolchining ijarasi uchun 2 million yevro to'laydi. Sotib olish esa 15 million yevroga tushadi.
Akanji uchun “Galatasaray”, “Milan” va “Fiorentina” jamoalari qiziqish bildirgan edi. Himoyachi esa faoliyatini “Inter”da davom ettirishga qaror qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist