locale OZ

Infantino O'zbekiston haqida iliq fikrlarni bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino O'zbekiston haqida iliq fikrlarni bildirdi
Photo: gettyimages

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 35-Kongressi davomida FIFA prezidenti Janni Infantino nutq so‘zlab, futbolni barqaror rivojlantirish, ayollar va bolalar futboli, ommaviy sport, ijtimoiy loyihalar hamda yirik musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, u 2026-yilgi Jahon chempionati va ilk bor tashkil etilayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga to‘xtalib o‘tdi.

Infantino mazkur turnirda Osiyo futbolchilari safida o‘zbekistonlik futbolchi ham (Abduqodir Husanov) ishtirok etishini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, FIFA prezidenti o‘z nutqi davomida O‘zbekistonning o‘tgan yili Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor FIFA miqyosidagi musobaqaga mezbonlik qilganini yuqori baholadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting