Indzagi \"Al-Hilol\" taklifini rad etdi
Photo: Getty Images
“Inter” bosh murabbiyi Simeone Indzagi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub vakillari italiyalik mutaxassis bilan Milan shahrida uchrashgan va muzokaralar o‘tkazgan. Biroq murabbiy “Inter”da qolishga tayyor ekanini bildirgan.
Mutaxassis “Inter”da qolishga tayyor. “Al-Hilol”ning ulkan taklifi ham uni qiziqtira olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist