locale OZ

Imeda Ashortia: «Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo'lga kiritishda yordam berganimdan xursandman»

Ushbu futbolchi klub matbuot xizmati uchun o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Imeda Ashortia: «Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo'lga kiritishda yordam berganimdan xursandman»
photo: Andijon fk

Imeda Ashortia: “Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo'lga kiritishda yordam berganimdan xursandman”

“Andijon”ning vodiy derbisi doirasida “Qo'qon-1912” klubiga qarshi uchrashuvida 90+1-daqiqada gruziyalik Imeda Ashortia g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

Ushbu futbolchi klub matbuot xizmati uchun o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avvalo, barcha narsa uchun Xudoga shukr aytaman. Kechagi o'yin, deyarli barcha uchrashuvlar kabi, biz uchun juda muhim edi. Ayniqsa, bu derbi bo'lgani uchun uning ahamiyati katta edi. «Paxtakor»dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin psixologik jihatdan uch ochko olish biz uchun juda muhim edi.

O'z golim haqida gapiradigan bo'lsam, yana bir bor barcha narsa uchun Xudoga shukr aytaman. Gol urganim va jamoaga uch ochkoni qo'lga kiritishda yordam berganimdan xursandman. O'z muxlislarimiz qarshisida bu o'yinni qiyin bo'lsa-da, oxirigacha yetkazib, g'alaba qozonganimiz juda hissiyotli lahzalarga boy bo'ldi.

Hozir esa oldimizda juda muhim davr turibdi. Shu tarzda davom etishimiz, o'yin sifatini ham, natijalarni ham yanada yaxshilashimiz kerak. Xudo xohlasa, buning uddasidan chiqamiz”, - dedi Imeda “Andijon” klubi matbuot xizmatiga.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting