Ilyos Zeytullayev Proligada ish boshlashi mumkin
Hozirda klubda bosh murabbiy lavozimida vaqtincha Alessandro Sarrokko faoliyat olib bormoqda.
Фото: Бунёдкор ПФК
“Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev tez orada Proligada ish boshlashi mumkin.
Sports24.uz xabar berishicha, murabbiy “Kattaqo‘rg‘on” bosh murabbiyiga aylanishi ehtimoli bor. Samarqand klubi avvalroq Yuriy Utkulbayev bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgandi.
Hozirda klubda bosh murabbiy lavozimida vaqtincha Alessandro Sarrokko faoliyat olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Zeytullayev avvalroq moliyaviy muammolar girdobida qolgan “Bunyodkor”ni tark etgandi.