locale OZ

Ilhom Abduganiyev: “Muxlislardan uzr so‘rayman”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Abduganiyev: “Muxlislardan uzr so‘rayman”
Photo: Andijan PFK

“Andijon” – “Bunyodkor” (0:2) uchrashuvida jamoamiz a’zosi Ilhom Abduganiyev zaxiraga olingan paytda muxlislar bilan o‘rtada biroz tushunmovchilik yuzaga kelgandi. O‘yindan so‘ng futbolchi ushbu vaziyat bo‘yicha quyidagilarni aytdi:

“Albatta, g‘alabani istadik. Biroq ishqibozlarimizni xursand qila olmadik. Zaxiraga olingan paytda esa bir muxlis onamni haqorat qildi. Buning ustiga jamoam yutqazayotgan edi va o‘sha paytda hissiyotlarimni jilovlay olmadim. Haqorat qilganidan so‘ng o‘zimni ushlab tura olmadim. Albatta, bu yaxshi ish emas, shu sabab muxlislardan uzr so‘rayman”.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting