locale OZ

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar Jazoir — Avstriya uchrashuvida ishlaydi

Jazoir va Avstriya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar Jazoir — Avstriya uchrashuvida ishlaydi
Фото: UzFHM

AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida davom etayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Jazoir hamda Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ma’lum qilinishicha, guruh bosqichining navbatdagi muhim bahslaridan biri bo‘lgan mazkur o‘yinni boshqarish tajribali FIFA referisi Ilgiz Tantashevga ishonib topshirilgan. Qanotlarda unga doimiy yordamchilari — Andrey Sapenko va Timur Gaynullin ko‘maklashadi.

Eslatib o‘tamiz, Jazoir va Avstriya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting