Iheanacho «Seltik» bilan shartnoma imzoladi
Фото: Селтик
“Seltik” hujumchi Kelechi Iheanachoni erkin agent sifatida transfer qilganini e'lon qildi.
Nigeriya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi Shotlandiya klubi bilan "1+1" ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Bir kun avval Iheanacho "Sevilya" bilan shartnomasini bekor qilgan va o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Midlsbro"da ijara asosida o‘tkazgandi (15 o‘yinda 1 gol).
Hujumchi "Manchester Siti" va "Lester"dagi o‘yinlari bilan ham tanilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist