Igor Surovning sog‘ligi tiklanmoqda
“Mash’al” jamoasi bosh murabbiyi Igor Surovning sog‘ligi asta-sekin tiklanmoqda. Ayni vaqtda mutaxassis jamoa shifokorlari nazorati ostida bo‘lib turibdi.
photo: Mash'al fk
Igor Surovning sog‘ligi tiklanmoqda.
“Mash’al” jamoasi bosh murabbiyi Igor Surovning sog‘ligi asta-sekin tiklanmoqda. Ayni vaqtda mutaxassis jamoa shifokorlari nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Ma’lum qilinishicha, murabbiy to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shifokorlar uning holatini doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda. Jamoa shifokorining ta’kidlashicha, Igor Surovning holati kun sayin yaxshilanmoqda va u yaqin kunlarda jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassisning kelgusi uchrashuvlarga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor