locale OZ

Igor Golban yangi mavsumni “Andijon” jamoasida boshlaydi

Bu yilgi chempionatni “Nasaf” safida yakunlagan tajribali himoyachi Igor Golban 2026-yilgi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Golban yangi mavsumni “Andijon” jamoasida boshlaydi
photo: Andijon fk

Seleksiya jarayonidagi navbatdagi transfer amalga oshirildi.

Bu yilgi chempionatni “Nasaf” safida yakunlagan tajribali himoyachi Igor Golban 2026-yilgi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi.

Tajribali himoyachi 1990-yilning 31-iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida tugʻilgan. Faoliyatini tabiiyki Rossiya chempionatida boshlagan. Jumladan, “Jemchujina”, “Sochi”, “Lokomotiv”, “Shinnik”, “Ximki”, Chexiyaning “Sigma” klublarida oʻynagan. 2015-yilda Oʻzbekistonga kelgan. Shu vaqt davomida yurtimizda “Qoʻqon-1912”, “Navbahor” va “Nasaf” jamoalarida toʻp surgan.

Oʻtgan yili mamlakat chempioniga aylangan va u ikki marta Superkubokni ham qoʻlga kiritgan.

Golban faoliyati mobaynida umumiy hisobda 420 ta oʻyinda maydonga tushgan va 27 ta gol urib, 8 ta golli pas bergan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting