Igor Golban «Andijon»ni tark etdi
Har ikkala tomonning o'zaro roziligi asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Фото: Андижон ПФК
Yozgi yig'in chog'ida tarkibdagi ayrim o'zgarishlar yuz berishi davom etmoqda.
Jumladan, mavsum boshida “Andijon” a'zosiga aylangan himoyachi Igor Golban jamoamizni tark etdi.
Har ikkala tomonning o'zaro roziligi asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Golban yil boshidan buyon “Andijon” safida 6 ta o'yinda ishtirok etdi va maydonda jami 540 daqiqa o'tkazdi.
«Biz Golbanga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz», - deyiladi klub xabarida.