locale OZ

Igor Bishchan: Yulian Drakslar maydonga tushishi bilan imkoniyat yaratib berdi

Al Ahli bosh murabbiyi Andijon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Igor Bishchan: Yulian Drakslar maydonga tushishi bilan imkoniyat yaratib berdi
Photo: Andijon FK

“Andijon” - “Al-Ahli” (0:0) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Igor Bishchan qatnashdi va savollarga javob berdi.

- O'yin qiyin kechdi. Biz albatta yutishni xohlagandik. Oxirida kuchli bosim qildik. Vaziyatlar yaratdik. Lekin “Andijon” jamoasi himoyada yaxshi o'ynadi. Bu maydonda to'p biroz qiyin yurdi. Bunga moslashish qiyinroq kechdi. Umid qilamizki, sizlar ham, biz ham keyingi bosqichga chiqamiz.

- Nima uchun Yulian Drakslar asosiy tarkibda maydonga tushmadi?

- Boshlang'ich tarkibda tushmagani sababi, chempionatimizda biroz jarohat olgan va u hali 100 foiz tayyor bo'lmagani uchun ikkinchi bo'lim o'rtalarida uni maydonga tushirdik.

- “Andijon” muxlislari sizga yoqdimi?

- Ularga bizni juda iliq kutib olishgani uchun katta rahmat. O'yin paytida muxlislar juda pozitiv holatda qo'llab-quvvatlashdi. O'ylaymanki, ishqibozlarga ham o'yin yoqdi. Bizni xushkayfiyat bilan kutib olishgani uchun yana bir bor rahmat.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni qanchalik kuchaytira oldilar?

- Yulian Drakslar maydonga tushishi bilan imkoniyat yaratib berdi. Maydonga tushgach darajani bildirdi. Imkoniyalarga ega bo'ldik. Ammo raqib himoyasi yaxshi o'ynadi. Durangdan xursand emasmiz. Lekin buni qabul qilishga majburmiz. Biz harakat qildik. Ammo boricha qabul qilamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting