locale OZ

IFFHS: Messi eng ulug‘ futbolchi, Ronaldu esa faqat to‘rtinchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
IFFHS: Messi eng ulug‘ futbolchi, Ronaldu esa faqat to‘rtinchi
Rasm: gettyimages.com

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) barcha davrlarning eng buyuk futbolchilari ro‘yxatini yangiladi. Yangi reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni argentinalik Lionel Messi egalladi. Uning ortidan Pele va Maradona joy olgan. Krishtianu Ronaldu esa faqat to‘rtinchi bo‘ldi.

IFFHS talqinida tarixdagi eng zo‘r 10 futbolchi:
1. Lionel Messi (Argentina)
2. Pele (Braziliya)
3. Diego Maradona (Argentina)
4. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
5. Yoxan Kroyf (Niderlandiya)
6. Ronaldo (Braziliya)
7. Zinedin Zidan (Fransiya)
8. Frants Bekkenbauer (Germaniya)
9. Alfredo Di Stefano (Argentina/Ispaniya)
10. Ronaldinyo (Braziliya)

Argentina va Braziliyadan ushbu ro‘yxatda uchtadan futbolchi bor. Qolgan mamlakatlardan bittadan nomzod kiritilgan. Qit’alar kesimida esa yetakchilikni Janubiy Amerika saqlab qolgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting