Ibrohim Yoʻldoshev yangi mavsumni Andijonda o'tkazadi
Bu yil Yoʻldoshev 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qolaversa, oʻz vaqtida Oʻzbekiston U19, U21 va U23 terma jamoalarida toʻp surgan.
photo: Andijon fk
Seleksiyani faol ravishda olib borayotgan “Burgutlar”ning navbatdagi nishoni iqtidorli himoyachi Ibrohim Yoʻldoshev.
2025-yilgi mavsumni “Lokomotiv”da boshlab OKMKda yakunlagan futbolchi kelasi yili “Andijon” safida oʻynaydi.
Maʼlumot uchun, 1999-yilning 5-iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. 26 yoshli futbolchi “Paxtakor”, “Metallurg”, “Surxon”, “Dinamo”, “Navbahor”, “Lokomotiv” hamda OKMKda toʻp surgan.
Bu yil Yoʻldoshev 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qolaversa, oʻz vaqtida Oʻzbekiston U19, U21 va U23 terma jamoalarida toʻp surgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor