locale OZ

Ibrohim No‘monov — \"Metallurg\" futbolchisi!

Ibrohim No‘monov futbolchilik faoliyati davomida "Neftchi", OKMK, "Chizre Serhat Spor" (Turkiya), "Mash’al U-21", "Mash’al", "Qo‘qon-1912" va "Buxoro" klublari safida to‘p tepgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ibrohim No‘monov — "Metallurg" futbolchisi!
photo: Metallurg FK

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, yarim himoyachi Ibrohim No‘monov yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

Ma`lumot uchun, No‘monov o‘tgan mavsumning dastlabki qismini "Mash’al"da boshladi va keyinchalik "Buxoro" jamoasi safiga ko‘chib o‘tdi. Umumiy hisobda Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasida futbolchi 27 ta bahsda maydonga tushdi va 2 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.

Ibrohim No‘monov futbolchilik faoliyati davomida "Neftchi", OKMK, "Chizre Serhat Spor" (Turkiya), "Mash’al U-21", "Mash’al", "Qo‘qon-1912" va "Buxoro" klublari safida to‘p tepgan.

Ibrohim No‘monov
Tug‘ilgan sanasi: 24.07.1996
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Bo‘yi: 1.78
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Neftchi", OKMK, "Chizre Serhat Spor" (Turkiya), "Mash’al U-21", "Mash’al", "Qo‘qon-1912", "Buxoro".

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting