Husanovning to‘yi uning kelajagiga qanday ta’sir qiladi — ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston futbolining afsonasi, mashhur murabbiy Azamat Abduraimov “Manchester City”da to‘p surayotgan Abduqodir Husanovning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U yosh futbolchining hayotidagi muhim bosqichlardan biri — to‘y oldidan ham uning ruhiy barqarorligi va yetukligini ta’kidladi.
Azamat Abduraimov: “Abduqodirni hatto to‘y ham sindira olmaydi”
SSSR terma jamoasi sobiq hujumchisi, hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Azamat Abduraimov “Manchester City”dagi yosh himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi. U Husanovni 14 yoshidan beri taniydi va uning o‘sishiga yaqindan guvoh bo‘lib kelayotgan inson sifatida, uning shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlarga munosabatini baholadi.
“To‘y, albatta, har bir futbolchi hayotida muhim voqea. U jismoniy va ruhiy jihatdan ma’lum moslashuvni talab qiladi. Oila hayoti mas’uliyatni oshiradi. Ammo Kodir yosh bola emas — u jismonan ham, aqlan ham shakllangan sportchi va erkak. To‘y Toshkentda bo‘ladi. Bunday voqea hissiy jihatdan ta’sir qilmasdan qolmaydi, lekin men uni yaxshi bilaman — uni sindirib bo‘lmaydi. U yulduzlik kasaliga chalingan emas, o‘z manzilini yaxshi biladi va maqtovlarga berilmaydi,” — deya ta’kidladi Abduraimov “Fergana” agentligiga bergan intervyusida.