Husanov “Manchester Siti” futbolchilarini tanish bo‘yicha bellashdi
Rasm: Gazeta.uz
Abduqodir Husanov mashhur TikTok yulduzi Celine Dept (celine.dept) bilan videorolikda ishtirok etdi. Video ijtimoiy tarmoqlarda viral kontentga aylanib, Deptning Instagram sahifasida qariyb 260 mingta layk to‘pladi.
Rolikda ishtirokchilarga turli davlatlar nomi aytildi, Husanov va Dept esa ushbu mamlakatdan bo‘lgan “Manchester Siti” futbolchisini topishga harakat qilishdi.
Celine Dept, shuningdek, Fransiya terma jamoasining yulduzi Kylian Mbappe va boshqa mashhur sportchilar bilan ham videolar suratga olgan.
U Belgiya influencer va blogeri bo‘lib, TikTok’da 13 milliondan ziyod, YouTube’da esa 10 milliondan ortiq obunachiga ega.
Bakradze Iman
Redaktor