Husanov «Manchester City»ning Chempionlar Ligasi uchun ro'yxatiga kiritildi
ФОТО: Getty images
"Manchester City" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi uchun o'zining rasmiy ro'yxatini taqdim etdi. Abduqodir Husanov qaydnomadan o'rin oldi.
Tarkibga quyidagi futbolchilar kiritilgan:
Rayan Ait-Nuri, Natan Ake, Markus Bettinelli, Oskar Bobb, Rayan Sherki, Ruben Dias, Jeremi Doku, Janluiji Donnarumma, Fil Foden, Niko, Yoshko Gvardiol, Erling Holand, Rodri, Abduqodir Husanov, Mateo Kovachich, Omar Marmush, Mateus Nunyes, Stefan Ortega Moreno, Tidjani Reynders, Savinyo, Bernaradu Silva, Jon Stouns va Jeyms Trafford.
Umumiy bosqichda "Manchester City" quyidagi raqiblarga qarshi maydonga tushadi: "Napoli", "Monako", "Vilyarreal", "Borussiya" Dortmund, "Bayer", "Real", "Bude-Glimt" va "Galatasaray".
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist