Husanov «Manchester City» asosiy tarkibiga qaytdi
Gvardiola uning tezkorligi va salohiyatini yuqori baholadi
Rasm: gettyimages.com
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uzoq tanaffusdan so‘ng yana «Manchester City» asosiy tarkibida maydonga tushdi. U «Palermo»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining ilk taymida harakat qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida inglizlar foydasiga yakunlandi.
Pep Gvardiola bellashuvdan so‘ng Husanovni alohida maqtadi va uning ulkan salohiyatga egaligini ta’kidladi. Taniqli murabbiyning aytishicha, u Husanovdek tezkor futbolchini kamdan-kam ko‘rgan.
Bakradze Iman
Redaktor