locale OZ

Husanov «Chelsi» qiziqish doirasida

O‘zbekistonlik himoyachi «Manchester Siti»dan ketishi mumkin.
Husanov «Chelsi» qiziqish doirasida
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. O‘zbekistonlik futbolchiga Angliya Premer-ligasining yana bir grand klubi qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Sebastyan Vidal ma’lumotiga ko‘ra, Londonning «Chelsi» klubi 22 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Manbada ta’kidlanishicha, Husanov ham boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Bunga asosiy sabablardan biri futbolchining «Manchester Siti»dagi hozirgi roli bilan bog‘liq. O‘zbekistonlik himoyachi jamoaning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska qo‘l ostida o‘zining asosiy pozitsiyasi bo‘lmagan joyda harakat qilmoqda. Husanov esa bu holatdan norozi ekani va o‘zining tabiiy pozitsiyasida muntazam o‘ynashni istayotgani xabar qilinmoqda.

Shuningdek, Mark Brusa ma’lumotiga ko‘ra, Angliya Premer-ligasining yana uchta klubi ham Abduqodir Husanovning vaziyatini kuzatib bormoqda. Bu esa futbolchiga qishki yoki keyingi transfer oynasida bir nechta variant paydo bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

«Manchester Siti» Husanovni 2025 yil boshida Fransiyaning «Lens» klubidan transfer qilgan edi. Angliya klubi o‘zbekistonlik futbolchi uchun 40 million yevro to‘lagan.

Husanov yangi mavsumda «Manchester Siti» tarkibida barcha turnirlarda oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi hozircha gol yoki golli uzatma bilan o‘z hissasini qo‘sha olmadi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Abduqodirning ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting