Hududiy kubok egalari kubogi-2025 musobaqasi yakunlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Фото: ЎФА
8–12-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Hududiy kubok egalari kubogi-2025” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hududlardan kelgan havaskor va yarim professional jamoalar ishtirok etdi.
Finalda Qoraqalpog‘iston Respublikasining MVD jamoasi hamda Farg‘ona viloyatining “Yaypan” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda MVD jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist