Hudson-Odoi “Nottingham Forest” bilan yangi shartnoma imzolaydi
Photo: Getty Images
"Nottingham Forest" hujumchisi Callum Hudson-Odoi klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar ijobiy kechmoqda va tez orada rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Callum Hudson-Odoi 36 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt saytining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor