locale OZ

Holand Norvegiya terma jamoasi safida ketma-ket 14 ta o‘yinda gol urdi

Umumiy hisobda esa milliy terma jamoa libosida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand Norvegiya terma jamoasi safida ketma-ket 14 ta o‘yinda gol urdi
ФОТО: Getty images

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand Jahon chempionati–2026 1/8 finali doirasida Braziliyaga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) dubl qayd etdi.

25 yoshli futbolchi terma jamoadagi ketma-ket 14-o‘yinida raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. U ushbu golli seriyasi davomida 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Umumiy hisobda esa milliy terma jamoa libosida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urdi.

JCH-2026 doirasida Holand beshta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 1 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting